Xotira azizdir

08.05.2019, 21:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 520

Xalq xotirasi deganda kishi ko‘z o‘ngidan Vatan ibtidosidan buguniga qadar shu yurt, shu xalq deb kurashgan, kuch-qudrati, aql-zakovatini ayamagan, kerak bo‘lsa, shu yo‘lda jon fido qilgan ne-ne buyuk zotlar o‘tadi.

9 may Xotira va Qadrlash kuni chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylandi.

Bu bayramda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirlanadi, o‘tganlar ruhi yodga olinadi, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltiradilar.
9 may Xotira va kadrlash kuni munosabati bilan 2019 yil 8 may kuni Toshkent farmatsevtika institutida Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat”, “E’tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch” mavzularida tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, bayram tabriklari tashkil etildi. Shuningdek institutning faxriy professor-o‘qituvchilari taqdirlandilar. Tadbirda “Sharq yulduzi” va “Zvezda vostoka” jurnallari bosh muharriri
Sirojiddin Rauf, ”Sharq yulduzi” jurnali muharririyati xodimi
Ikrom Otamurodlar ham qatnashib talabalarga Ajdodlarimizni qadirlash muqaddas burch ekani, bugungi Tinch osoyishta, farovon hayot kechirshimizda ota bobolarimiz qancha qiyinchiliklarga, zaxmatlarga duch kelganliklari haqida aytib bugungi osuda xayotimiz uchun shukronalik keltirish kerakligi hususida ta’kidlab o’tdilar.
Xotira va Qadrlash kunini munosib nishonlashdan ko‘zlagan bosh maqsadimiz – Vatan himoyachilarini xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarning, tinchlikning qadriga etishi, tinch-osoyishta yashayotganimiz, turmush farovonligini ta’minlash uchun ter to‘kib, unumli mehnat qilayotganimizning shukronasini qilishdan iborat.

Bu har qanday kishini ma’nan rag‘batlantiradi, uni yashashga, yaratishga, elu yurtga sadoqat va qat’iyat bilan xizmat qilishga undaydi.

Zero xotira hamisha muqaddas, qadr azizdir.

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L. Usmanova