Professor unvoni muborak bo’lsin

03.05.2019, 17:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 593

Bugungi kunda Toshkent farmatsevtika institutida ko‘plab o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini yuritib kelmoqda. Ular orasida professor-olimlar talaygina. Ular qatoridan yana bir ustozimiz ham o‘rin egalladilar. Bu Toshkent farmatsevtika institutining Tibbiy va bioligik fanlar kafedrasi  dotsenti  Abzalov Akmal Abzalovich. O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va attestatsiya komissiyasi Toshkent farmatsevtika institutidagi ilmiy kengash tavsiyasiga ko‘ra Akmal Abzalovichga  2019 – yil 30 – aprel kuni “O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyo ixtisosligi” bo‘yicha 261/1-sonli bayonnomaga asoslanib  “Professor”ilmiy unvoni taqdim etildi.

Institut rahbariyati nomidan mazkur unvon bilan Akmal Abzalovni muborakbod etamiz!

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova