Tillar kafedrasi 2-may kuni talabalar turar joyida yashovchi talabalar uchun psixologik-trening shaklida o‘tkazildi

03.05.2019, 15:09 Yangiliklar 464

Bugungi kunda yoshlarni o‘z-o‘zini anglash, tanlagan kasbini yaxshi egallash, tanlagan yo‘lidan qoqilmaslik uchun dalda bo‘luvchi ustozlar zarur. Bu o‘rinda 2019 yil 2 may kun 4 binoning Ma’naviyat xonasida Tillar kafedrasi o‘qituvchisi Nilufar Karimova talabalar turar joyida Tillar kunida “O‘z orzulariga erishishning usul va yo‘llari” mavzusida birinchi turkum psixologik-treningini o‘tkazdi. Psixologik trening talabalarga insonning onglilik va ongsizlik hamda ongosti jarayonlarini to‘g‘ri tahlil qilish, to‘g‘ri maqsad qo‘yish, xissiyotga berilmaslik, xatolarni o‘z vaqtida to‘g‘irlash, to‘g‘ri do‘st, hamroh topish hamda shukronalik bilan yashash sirlaridan xabardor qildi. Treningda videorolik, multimedia vositalari va tarqatma materiallardan foydalanildi. TTJda yashovchilar ushbu tadbirdan o‘zlari uchun zarur ma’lumotlarni oldilar.

     

 

Tillar kafedrasi