Tillar kafedrasi bir guruh o‘qituvchilarining Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyadagi ishtiroki

03.05.2019, 14:36 Yangiliklar 291

2019 yilning 2-3 may kunlari Toshkentda dunyoning  nufuzli oliy ta’lim muassalari  professor-o‘qituvchilari ishtirokida “9th International Conference on Foreigh Language Teaching and Applied Linguistics” mavzusda xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyada Tillar kafedrasi o‘qituvchilari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda nofilologik OTMlar uchun tashkil etilgan «EnSPIRE-U project with British Council» loyihasi ishtirokchilari X.Maqsudova, F.SHirinova va A.Abdullaevalar ishtirok etishdi. Konferensiyada X.Maqsudova «EnSPIRE-U project with British Council» loyihasining bo‘lajak farmatsevtlarda til kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni masalalari bo‘yicha ma’ruzasi bilan ishtirokchilarning bu loyihaga qiziqishini yanada orttirdi.

     

 

Tillar kafedrasi