Xorazm viloyati Urgench tumanida 24,25,26 aprel kunlari Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslarining XIII xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

30.04.2019, 13:08 Yangiliklar 409

Anjumanning birinchi kuni  Urgench tumanining “Ma’naviyat-ma’rifat markazi”da bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada  Xorazm xokimi Farxod Ermatov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalari agentligi bo‘lim boshlig‘i V.S. Xamidov,

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona direktori Umida Teshaboeva,

Latviya Milliy kutubxona direktori Andris Vilks,

AKSH kutubxona direktori o‘rinbosari Merris Sumrall,

Belarus Milliy kutubxona direktori Roman Matulskiy,

Latviya Milliy kutubxona direktori Andris Vilks,

Toshkent Axborot texnologiya universiteti professori Marat Raxmatullaev va Tursiya, Kozog‘iston, Pokiston, Rossiya, Belorussiya vakillari ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Konferensiya har tomonlama qiziqarli bo‘ldi, ma’ruzachilar  kutubxonalarida  olib boradigan zamonaviy texnalogiyalar ishlari bilan tanishtirdilar. Kutubxonalarda texnikani rivojlantirish va zamonaviy texnalogiyalar bilan ishlash haqida ma’ruza qilindi. Masofadan turib kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish usullari haqida gapirildi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda an’anaviy ko‘rinishdagi kitoblarni elektron kitoblarga o‘tkazish hamda raqamlashtirilgan kitoblarni mobil qurilmalarga mo‘ljallangan dasturlar bazasiga kiritish ustida ish olib borish, QR-kodlar yordamida kutubxona tizimidagi elektron kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus tablolarga joylashtirib jamoat joylarida, xususan, vokzal, aeroportlarning kutish zallari, metro va avtobuslarga o‘rnatish kerakligi, kitobxon zamonaviy mobil qurilmalar imkoniyatlaridan foydalangan holda tez fursatlarda kitoblarni o‘qish va elektron nusxalarni yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘lishi haqida ma’ruzalar bo‘ldi.

Kutubxonachilar o‘zaro fikr almashib qiladigan yangi ishlar haqida suxbatlashdilar.

Xalqaro anjuman yuqori saviyada uyushtirilgan.

     

ARM