Yunusobod tumani 274-sonli maktabiga Organik va biologik kimyo kafedrasi o’quvchilarining tashrifi.

29.04.2019, 12:52 Institut yangiliklari, Yangiliklar 268

O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29-martdagi № 3018 – sonli byurigini hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2018 yil 15 oktyabrda yuborilgan №09-2520 –sonli topshiriq xatini ijrosini ta`minlash maqsadida  2019 yil 25 aprel kuni Organik va biologik kimyo kafedrasining katta o’qituvchisi I.Sh. Kucharova Yunusobod tumani 274-maktabiga tashrif buyrdi. Tashrif chog’ida 7-sinf o’quvchilari va maktab o’qituvchilari bilan davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida I.Sh.Kucharova “Oilada sog’lom muhitni shakllantirish” mavzusida davra suhbati o’tkazdi, unda oilada sog’lom muhitni yaratish haqidagi masalalar aks ettirildi. Oilada sog’lom muhit bolaning hayot tarzi va uning kelajakdagi yetuk shaxs bulib rivojlanishida muhim o’rin tutishi qayd etildi. Oilada sog’lom muhit yaratilishida mahalla, jamiyat va bu oila yashaydigan yurt, mamlakat muhim rol o’ynaydi. Davra suhbatida talabalar o’zlarini qiziqtirgan  savollarga javob oldilar.

      

      

Organik va biologik kimyo kafedrasi