Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasida “Sog`liqni saqlash texnologiyasini baholash” mavzusida ilmiy tadqiqot konferensiya bo‘lib o‘tdi

29.04.2019, 10:28 Yangiliklar 295

Toshkentdagi xalqaro Vestmester universiteti taklifiga binoan dunyodagi birinchi 20 talikka kirgan Kanadaning Toronto Universitetining “Sog‘liqni Saqlash texnologiyalarini baholash” Markazi direktori Myurey Kran bilan uchrashuv doirasida Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasida “Sog`liqni saqlash texnologiyasini baholash” mavzusida ilmiy tadqiqot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada institutning Farmasevtika ishini tashkil qilish va boshqarish magistratura mutuxassisligi talabalari, Farmasevtika ishini tashkil qilish kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan birga Endokrinologiya Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi endokrinologi Mirsaidova Umida Akmalovna, Shifokorlar malakasini oshirish institutining oftalmologi Normatova Nargiza Mirshavkatovna, Xalqaro Vesmester universitetining bitiruvchi talabalari, ishtirok etishdi. Konferensiyada Timur Reymbaev “Sost – effectiveness of CSII vs. VDI in children and adolescents with T1DM”, Normatova Nargiza Mirshavkatovna “What is diabetic retinophaty?”, Turabek Karimov “Cost-effectiveness of using biological heart valve in comparison to mechanical heart valve in adult patients with severe aortic stenosis from the perspective of the Ministry of Health of the Republic of Uzbekistan”, Ataxanov Muxammadjon “Cost-effectiveness analysis of Micro-vascular Desmopression versus Gamma knife Radiosurgery in patients with trigeminal neuralgia”, Erkinova Shaxzoda “Economic Evaluation of endoscopic third ventriculostomy compared to shunting in pediatric patients with hydrocephalus:
A Health Technology Assessment”, endokrinologiya Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi endokrinologi Mirsaidova Umida Akmalovna va Farmasevtika ishini tashkil qilish kafedrasi assistenti N.Sultanbaeva “Cushing’s syndrome”, “Inactive pitutary adenoma” mavzusida ma’ruzalar o‘qildi va ma’ruza vaqtida  “Sog‘liqni Saqlash texnologiyalarini baholash” Markazi direktori professor Myurey Kran o‘zining foydali maslaxatlarini berdi. Konferensiyada eshitilgan ma’ruzalar Myurey Kran tomonidan yuqori baxolandi va bundan keyin Sog‘liqni saqlash texnologiyasini baholash borasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash jarayonida ishtirok etish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi. Institut raxbariyati tomonidan Toronto Universiteti bilan kelishuv shartnomalarni imzolash borasida munozara olib borildi.

     

     

     

     

Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi