Toshkent farmatsevtika instituti  rektorining  274-sonli umumta’lim maktabiga tashrifi

27.04.2019, 10:06 Yangiliklar 403

Kitob – insonning erkin fikrlashi, dunyo qarashining kengayishi, aqlan yetuk  bo‘lishi, ma’naviyatiningshakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayveradi. Kitob – bilim bulog‘i. Bu buloqdan bahra olmagan inson johillikka yuz  tutadi. Jamiyatda kitobxonlik qay darajada keng ommalashgan bo‘lsa, ziyoli ahli shunchalik ko‘p bo‘ladi, o‘z navbatida bu joyda umuminsoniy qadriyatlar barqaror turmush tarziga aylanadi.

 “Yoshlar bilan ishlashni  samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot  texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida”gi  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2019 yil  19-martda o’tkazilgan  videoselektor  majlisining 12-sonli bayon qarori hamda  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining  23 apreldagi 8-8-8/534-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida  2019 yil  24 aprel kuni Toshkent farmatsevtika instituti rektori Alimdjanov Ibrohim Inamovich Yunusobod tumanida joylashgan  274-sonli  umumta’lim  maktabiga  tashrif  buyurib  o‘quvchilarga  turli hil badiiy asarlar to‘plamini taqdim etdi. Shu bilan birga  o‘quvchilarni kitobxonlikga jalb etish maqsadida  ular bilan davra suhbati tashkil etildi.

     

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova