Talabalar turar joyida Farmatsevtik kimyo kafedrasining “Kafedra kuni” tashkil etildi.

25.04.2019, 12:11 Institut yangiliklari, Yangiliklar 309

Toshkent  farmatsevtika instituti rektorining  2018 yil 18 sentyabrdagi 707-sonli  buyrug‘iga  asosan institut  miqyosida har oyda barcha kafedralar “Kafedra kuni”ni  tashkil etib kelmoqda. Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida  18-23 aprel kunlari  farmatsevtik kimyo kafedrasi  va institut tarbiyachi pedagogi N.Yusupova tomonidan  talabalar turar joyida “Kafedra haftaligi” o’tkazildi. Unda farmatsevtik kimyo kafedrasining  professor-o’qituvchilari talabalar turar  joyining  3 va 4- qavatlarda joylashgan ma’naviyat xonasida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etdilar.  Suhbat davomida dotsent N.A Yunusxodjaeva,dotsent  R. A. Xusainova, dotsent A. D.Toshpo‘latova, katta o‘qituvchi  N.Zaripova,  assistent  Sh.S. Yuldasheva  A. A. Juraeva,  K. Sh. Muxitdinovalar tomonidan mavzuga oid ma’lumotlar berildi.  Shuningdek mazkur haftada talabalarga ekologik madaniyat, ekologik ta’lim –tarbiya berish maqsadida guruh murabbiylari boshchiligida “Botanika bog‘i”ga tashrif amalga oshirildi.

     

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova