Ta’lim sifati samaradorligini yanada oshiramiz

22.04.2019, 16:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 272

2019 yil 19 aprel kuni Toshkent farmatsevtika institut ma’ruzalar zalida ta’lim sifati samaradorligini yanada oshirish maqsadida yig‘lish tashkil etildi. Yig‘lishda institutning barcha akademik guruh murabbiylari qatnashdilar. Majlisda institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Z.A.Yuldashev o‘rtaga qo‘yilgan masalalar yuzasidan so‘zga chiqdi. Unda talabalarning ota-onalari bilan aloqalarni mustahkamlab ular ishtirokida majlislar tashkil etish, talabalarning darsga o‘z vaqtida kelishi, davomatni yaxshilash, odob ahloq qoidalari, institut talablariga rioya etishi kabi yana ko‘plab muammolar muhokama qilindi va murabbiylar zimmasiga  ko‘plab vazifalar yuklatildi.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova