21 aprel Ilm-fan kuni

20.04.2019, 11:28 Yangiliklar 258

Odamidur ilmu donish birla odam, yo‘q esa,
Jumlai hayvongadur yakson qadu ruxsoru lab.

                                                                                                    Ogahiy

Ilm-fan – har qanday davlatning bugungi kuni va kelajagini belgilaydigan muhim sohadir. O‘zbekiston zamini azaldan bashariyat sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan, jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyoti yo‘nalishini ma’lum darajada belgilab bergan ulug‘ allomalari, buyuk mutafakkirlari bilan shuhrat qozongan. O‘zbekistonda ilm-fan ko‘p asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. O‘zbek zaminidan Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek kabi va jahon ilm-fani xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan boshqa ko‘plab buyuk olimlar, mutafakkirlar etishib chiqqan va biz ular bilan faxrlanamiz ularning qoldirgan bebaho merosni qadrlaymiz va har on ularni yod etamiz.SHu munosabat bilan  2019 yil  20 aprel kuni  institut Axborot-resurs markazida “ilm-fan kuni” doirasida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ARM mudiri Holmuratova F.N., kutubxonachi Abdullaeva D. “Umumiy va anorganik kimyo” kafedrasi o‘qituvchisi Zaripova R. hamda 1-kurs  sanoat farmatsiyasning  bir guruh talabalari  qatnashdilar va mavzuga oid o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. “Ilmsiz iliksiz so‘ngak kabi bo‘shdir, iliksiz so‘ngakka qo‘l urilmaydi. Bilim bilan kishining martabasi oshdi, ilmsizlik esa kishini tubanlashtirdi. Bilimli kishi keraqli so‘zni so‘zlaydi, keraksiz so‘zni ko‘mib tashlaydi.” degan edi mutaffakir bobomiz Ahmad YUgnakiy. SHunday ekan biz yoshlar ham bobolarimiz bosib o‘tgan yo‘ldan yurib ularga munosib avlod bo‘lishimiz joizdir. Zero “Hamma ezguliklar bilim tufaylidir. Bilim tufayli go‘yo ko‘kka yo‘l topiladi. So‘z bo‘z erga yashil ko‘kdan tushdi, So‘zi tufayli inson o‘zini ulug‘ qildi.”degan edi  YUsuf Xos Hojib. Axborot-resur markaziga tushib sizlar uchun taxt qilib qo‘yilgan turli kitoblarni o‘qing va o‘z murod-maqsadingizga erishing.

     

      

Axborot-resur markazi tavsiya etadi.