Talabalik oltin davrim

19.04.2019, 14:30 Institut yangiliklari, Yangiliklar 396

2019 – yilning 13 – aprel kuni soat 11.00 da Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida 1999 – yilgi bitiruvchilar talabalik yillarini xotirlab uchrashuv tashkil etdilar. Mazkur uchrashuv mehmonlari 1999 – yilda  Toshkent farmatsevtika institutining  Farmatsiya, Biotexnologiya  va Agroekologiya fakultetlarini tamomlagan talabalaridir. Uchrashuvni institut rektori I.I.Alimdjanov ochib berdi va mehmonlarni  bugungi kunda farmatsevtika sohasiga oid islohotlar,ilmiy dasturlarni kengaygani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmatsevtika sohasini yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorlari, farmonlari hamda yosh kadrlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, grantlar haqida tanishtirdi. Shuningdek bitiruvchilarga bilim bergan ustozlari, professor-o‘qituvchilar ham so‘zga chiqib talabalarining har biri bilan suhbat o‘tkazib  ularning bugungi kunda erishgan yutuqlari va bu mutaxassislarning jamiyatimizga qo’shayotgan xissalari haqida to’htalib o’tildi.Tadbir so’gida bitiruvchilar institute rahbariyatiga esdalik sovg’alarini topshirdilar.

 Xulosa qilib aytishimiz mumkinki ustozlari bergan bilimlari zoye ketmadi. Ularning oralarida kimlaridir rahbar, tadbirkor yana ayrimlari professor-o’qituvchilar. Hullas har birlari o‘z kasbini yetuk mutaxassislaridir.

     

     

     

     

     

     

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova