Tillar kafedrasining talabalar bilan Rossiya Federatsiya fan va madaniyat Markazi  “Россотрудничество”da Rosatom Xalqaro gumanitar dasturlarida ishtiroki

18.04.2019, 16:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 482

2019 yil ning 17 aprel kuni Tillar kafedrasi bir guruh professor-o‘qituvchilari Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti 1-bosqich talabalari bilan Rossiya Federatsiya fan va madaniyat Markazi  “Россотрудничество” da  Rosatom tomonidan tashkil etilgan Xalqaro yoshlar Forumida ishtirok etishdi. Ushbu dastur xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda millatlararo totuvlik, tolerantlik prinsiplaridan kelib chiqqan holda rus xalqining urf-odat va an’analari bilan tanishish hamda ularni xurmatlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalar tadbirda o‘z bilimlari, chaqqonliklari va pazandachilik mahoratlarini namoyon qilishdi. Tadbirda Rossiya Federatsiya fan va madaniyat Markazi  “Россотрудничество” rahbari V.N.SHulika mehmonlar va ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

     

     

Tillar kafedrasi mudiri:                                  S.M.To‘ychieva