Analitik kimyo kafedrasida Qirg’iziston Respublikasining O’sh davlat universiteti talabalari uchun master-klass o’tkazildi.

16.04.2019, 11:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 307

Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh Davlat Universiteti 2 kurs farmatsiya yo‘nalishi talabalari hamda 207(A,B) guruh talabalari bilan birgalikda   “Analitik kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan analitik kimyo fani bo‘yicha ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlaridan mahorat darslari o‘tildi.

     
Qirg‘izistonlik talabalar laboratoriya mashg‘ulotlarida dots. M.Fatxullayeva ishtirokida titrlashni cho‘ktirish usuli bo‘yicha laboratoriya ishini bajardilar.

     

     

Shuningdek, qirg‘izistonlik talabalar professor A.A.Shabilalov va kafedra mudiri dots.M.Fatxullaeva bilan suhbat o‘tkazdilar.

Kafedra mudiri dots.M.Fatxullaeva qirg‘izistonlik talabalarga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan darslik, o‘quv-uslubiy majmua, uslubiy qo‘llanma va ma’ruza matnlari bilan tanishtirdi.

     

Analitik kimyo kafedrasi