“Yosh farmatsevtlar” jamoasining yana bir ishtiroki

15.04.2019, 17:04 Institut yangiliklari, Yangiliklar 322

       O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida  2019 yildagi “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar dasturi” da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 13 aprel kuni “Tafakkur sinovlari” nomli Respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda Toshkent farmatsevtika instituti “Yosh farmatsevtlar” jamoasining ishtiroki ta’minlandi. Tanlov O‘zbekiston Islom akademiyasida o’tkazildi va musobaqa  4 ta bosqichdan iborat bo‘ldi:

  • Ko‘rgazmali tanishtiruv;
  • “Blits” so‘rovnoma shaklida savol javob tarzida;
  • Rasm chizish;
  • Sahna ko‘rnishi shaklida o’tkazildi

    Mazkur tanlovda Toshkent farmatsevtika institutidan Farmatsiya fakulteti 2-kurs talabasi Xolboeva Madina,1-kurs talabalari Sayitova Shaxnoza, Zayniddinov Asliddin, Abdug’aforov Muxtor, Sanoat farmatsiyasi 2- kurs talabalari Kozimjonova Nasiba, Mahkamova Muhayyo, Komilov Asliddin, Sultonov Foziljon, Ahmadjonova Gulchehra, Kasbiy ta’limi yo‘nalishi 1-kurs talabasi Jumaeva Barchinoy ishtirok etdilar. Tanlovda institutimizning “Yosh farmatsevtlar” jamoasi 4-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Institut nomidan “Yosh farmatsevtlar” jamoasining kelgusi tanlovlardagi ishtiroklarida omad tilaymiz!

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova