Qirg’iziston Respublikasining O’sh davlat universiteti vakillarining Toshkent farmatsevtika institutiga tashrifi

15.04.2019, 16:19 Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 2618

2019 yil 15 aprel kuni Qirg’iziston Respublikasining O’sh davlat universiteti vakillari Toshkent farmatsevtika institutiga tashrif buyurdilar. Institut rektori, professor I.Alimjanov O’sh davlat universiteti vakillari va talaba almashinuv bo’yicha 10 kunlik o’qishga tashrif buyurgan o’shlik talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi.O’sh davlat universiteti vakillari quyidagilardan tashkil topgan: O’sh davlat universiteti tibbiyot fakulteti dekan muovini, dotsent Mo’ydinov Fazliddin Fayozdinovich, “Gastrologiya va patologik anatomiya” kafedrasi mudiri,dotsent Shatmanov Suyunaly Toktonazarovich, “Pediatriya 1” kafedrasining dotsenti , t.f.n.Turdubayev Kursanbek Tashbolotovich. Uchrashuv davomida ikki universitetning o’zaro hamkorliklari muhokama qilindi: akademik almashinuvni rivojlantirish (o’qituvchilar, mutaxassislar, talabalar va magistrantlar almashinuvi). Ya’ni, Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi Chimyon bazasida institutning etakchi o’qituvchilari tomonidan o’tkaziladigan yozgi amaliyotga O’sh talabalarini yuborilishi to’g’risida fikr almashildi. Bunda talabalar barcha nazariy bilimlarni amalda tatbiq etish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

     

     

     

Xalqaro hamkorlik bo’limi