Astraxandagi Rossiya-O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari rektorlarinig mintaqaviy forumi yakuniga yetdi

12.04.2019, 17:04 Institut yangiliklari, Yangiliklar 321

Rossiya-O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari rektorlarinig mintaqaviy forumi yakunlandi. Toshkent farmatsevtika institutining ilmiy va innovatsion sohalar prorektori Nodirali Normaxamatovning ma’lumotlariga ko‘ra forum juda qizg‘in kechdi

O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan OTM rektorlari tomonidan prezentatsiyalar taqdim etildi va o‘zaro  hamkorliklar, e’tibor berilishi zarur bo‘lgan masalalar muhokama qilindi. Shuningdek yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov hamda Rossiya federatsiyasi fan va Oliy ta’lim vaziri M.A.Borovskaya ishtirokida ma’ruza tinglandi. Shu bilan birga Rossiya-O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari filiallarining ochilishi xususidagi masalalar muhokama qilindi va ikki davlat rahbarlarining navbatdagi uchrashuviga qadar mazkur masalalarni bartaraf etishga kelishildi. Forum jarayonida Toshkent farmatsevtika instituti va Perm davlat farmatsevtika akademiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari borasida, Perm davlat farmatsevtika akademiyasining O‘zbekistonda filiali ochilishi xususida muzokaralar olib borildi. Muzokaralardan so‘ng kelgusi haftada Perm davlat farmasevtika akademiyasining O‘zbekistonda filiali ochilishi bo‘yicha memorandum shakllantirish hamda may-iyun  oylari oralig‘ida Perm davlat farmatsevtika akademiyasi rahbarining O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirilishi rejalashtirildi.

    

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova