“Notiqlik  san’ati” mashg‘ulotlarida ishtirok eting

10.04.2019, 15:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 79

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvafaqiyati, eng avvalo, mustaqil va keng fikrlash qobilyatiga ega bo‘lgan, ongli, komil insonlar sifatida tarbiyalanib voyaga yetgan yosh  mutaxassis  kadrlarga bog‘liqdir. Notiqlik san’ati o‘ziga xos malaka, og‘zaki nutq shakllarini egallashni talab etadi. Go‘zal, chiroyli nutq so‘zlash uchun juda ko‘p mehnat qilish zarur. Notqlik san’ati haqida so‘z yuritar ekanmiz, shu o‘rinda bir qancha savollar tug‘ilishi tabiiy.

Albatta, ommaviy nutqning shakl va mazmuni aniq materiallar va predmetdan kelib chiqadi. Toshkent farmasevtika instituti o‘qituvchilari, talabalari o‘rtasida ham Notqlik san’atini mukammal rivojlantirish maqsadida Toshkent farmasevtika institutida Filologiya fanlari nomzodi “Xalqaro antik dunyo” va “Turon” fanlar akademiyalarining akademigi Rahimboy Jumaniyozov “Notiqlik  san’ati” mashg‘ulotlarini o‘tkazishi rejalashtirildi.

Notiqlik san’ati bo‘yicha tayyorlangan ushbu ma’ruzalar kursida notiqlik san’atining mazmun-mohiyat,tarixiy ildizlari, turlari, norma va usullari, shuningdek, farmasevt rahbar xodimlarining nutq so‘zlashlarida duch keladigan muammoli vaziyatlar va ularning yechimi kabi masalalar aks etgan. Mazkur 36 soatlik o‘quv dasturidan so‘ng Sertifikat va Diplom taqdim etiladi.

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova