“Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yoshlar modeli” nomli konferensiyasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

08.04.2019, 16:16 Yangiliklar 320

2019 yil 5 aprel kuni Toshkent farmasevtika instiutida  “Sog‘liqni saqlash tashkilotining yoshlar modeli” nomli konferensiyasining  ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur konferensiyaning ikkinchi kuni 6 aprel kuni o‘tkazildi. Sog‘liqni saqlash yoshlar modeli” nomli konferensiyaning homiylari ya’ni “CEG” (capital elite group) va Imperial consulting kompaniyalari yig‘lishning ikkinchi kunida o‘zlarining  prezentatsiyalari va ishchi rezolyusiyalariga aolqador ikki sessiyali yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. . Konferentsiyaning  so‘nggi kuni 2019 yil 7 aprel kuni yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi “Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining yoshlar modeli” nomli konferensiyasining uchinchi kunida  ishtirokchilar (delegatlar) ishtirokida yig‘lishning ohirgi ya’ni rezolyutsiyaga ovoz beriluvchi, yakunlovchi sessiyasi  bo‘lib o‘tdi.  Unda natijalar  “Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yoshlar modeli 2019” nomli konferentsiyaning bosh direktoriga taqdim etildi. Taqdirlash marosimida eng yaxshi delegatlar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

                                                         Intitut matbuot kotibi  N.L.Usmanova