“Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining Yoshlar modeli” nomli konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

05.04.2019, 18:04 Institut yangiliklari, Yangiliklar 362

2019 yil 5 aprel kuni Toshkent farmasevtika instiutida  “Sog‘liqni saqlash yoshlar modeli” nomli konferensiyasining  ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur konoferensiyaning o‘ziga yarasha talablari va qonun qoidalari mavjud bo‘lib unda ishtirok etuvchi talaba yoshlar 2019 yil 4 fevraldan 24 martga qadar xujjat topshirib ro‘yxatdan o‘tdilar. Mazkur anjuman   O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda “CEG”(capital elite group) kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Konferensiyaining  tashkil etilishidan asosiy ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarning  yetakchilik, notiqlik, muzokaralar olib borish  mahoratini rivojlantirishdir.

2019 yil 5 aprel kuni “Sog‘liqni saqlash tashkilotining Yoshlar modeli” nomli konferensiyasining ochilish marosimida institut rahbariyati, CEG”(capital elite group) kompaniyasining bosh direktori S.B.Irgashev, direktor yordamchisi A.Komilov, institut faollari,talabalari va ro‘yxatdan o‘tgan qatnashuvchilar ishtirok etdilar. Yig‘lishni Toshkent farmasevtika instituti rektori Alimdjanov  Ibrohim Inamovich  va  “CEG” kompaniyasining bosh direktori S.B.Irgashev kirish so‘zi bilan ochib berdilar. CEG”kompaniyasining bosh direktori S.B.Irgashev qatnashchilarni kompaniyaning faoliyati va tarkibiy tuzilmasi bilan tanishtirdi.

Mazkur anjuman 3-kun davomida o‘tkaziladi. Konferensiyada turli xil nominatsiyalar ham o‘rin olgan bo‘lib bular:

 

  • “Eng yaxshi pozitsion maktub”
  • “Eng yaxshi delegat”
  • “Eng yaxshi diplomatik ko‘nikmalar uchun”

 

“Sog‘liqni saqlash yoshlar modeli” nomli konferensiyaning g‘oliblarini yig‘lishning  yakuniy 3-kunida taqdirlash ko‘zda tutilgan.

Barcha qatnashchilarga institut nomidan omad tilaymiz!

     

      

     

     

     

 

 

 Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova