Yunusobod tumani 274-sonli maktab o’quvchilarining Toshkent farmatsevtika institutiga tashrifi.

04.04.2019, 15:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 174

O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29-martdagi № 3018 – sonli byurigini hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2018 yil 15 oktyabrda yuborilgan №09-2520 –sonli topshiriq xatini ijrosini ta`minlash maqsadida  2019 yil 29 mart kuni Organik va biologik kimyo kafedrasi taklifiga binoan Yunusobod tumanidagi 274-maktabning o’qituvchilari Solihova N. va  Xamidova Z. rahbarligida 9-sinf o’quvchilari tashrif byuirishdi. Tashrif davomida o’quvchilar Toshkent Farmatsevtika instituti muzeyiga, “Organik va biologik kimyo”, “Dori vositalari standartlashtirish va sifatini boshqarish”, “Dori vositalari texnologiyalari” kafedrasiga tashrif buyurdilar. Organik va biologik kimyo kafedrasi mudiri A.Karimov kafedra o’qituvchilar jamoasi bilan birga institut yo’nalishlari va institutga qabul qilinish qoidalari haqida so`zlab berdilar va inistitutga kirishda kimyo fanining ahamiyatini tushuntirdilar. Institut muzeyida o’quvchilar Toshkent farmatsevtika instituti tarixi bilan tanishdilar.

Maktab o’quvchilari institut akademik litseyiga ham tashrif buyurishdi. Litseyning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Z.M. Iralieva o’quvchilarni litseyga qabul qilish qoidalari, litseyda o’qitish shartlari va talablari bilan tanishtirdi.

     

     

     

     

     

     

Organik va biologik kimyo kafedrasi