Toshkent farmatsevtika institutiga Rossiya Fanlar akademiyasining N.D.Zelinskiy nomli organik kimyo institutining professorlar Krayushkin M.A. va Rakitin O.A.larning tashrifi.

02.04.2019, 18:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 348

2019 yil 23 mart kuni Toshkent farmatsevtika institutiga Rossiya Fanlar akademiyasining N.D.Zelinskiy nomli organik kimyo institutining professorlar Krayushkin M.A. va Rakitin O.A.lar tashrif buyurdilar. Tashrif chog’ida institut rektori, prof. Alimdjanov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi va unda Toshkent farmatsevtika instituti organik va biologik kimyosi kafedrasi hamda N.D.Zelinskiy nomli organik kimyo instituti o’rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. So’ngra institutning kichik zalida organik va biologik kimyo, noorganik, fizik va kolloid kimyo, biotexnologiya kafedralari o’qituvchilari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida “Biologik faol moddalar va ularning predmetlarini sintez qilish” mavzusida M.A.Krayushkinning va “Legokimiya” yoki bitta reaktivning hikoyasi” mavzusida O.A.Rakitinning ma’ruzalari eshitildi. Suhbat davomida institut o’qituvchilari o’zlarining savollariga javob oldilar.

     

     

     

Organik va biologik kimyo kafedrasi