“Til va kommunikatsiya tushunish vositasi” mavzusida ochiq integral, interfaol seminar- mashg‘uloti

02.04.2019, 13:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 976

2019 yil 29 mart 4 juftlikda 1 kurs talabalari uchun Tillar va Ijtimoiy fanlar kafedralari “Til va kommunikatsiya tushunish vositasi” mavzusida ochiq integral, interfaol seminar- mashg‘ulotini o‘tkazishdi. Mashg‘ulotda falsafa, pedagogika, psixologiya, pedagogik texnologiya, rus tili va o‘zbek tili fanlari mashg‘ulotlarida olingan bilimlar integratsiya qilindi. Talabalar individual va juftlikda ishlashdi. Dars jarayonida buyuk mutafakkirlar Abu Ali ibn Sino, Beruniy, A.Navoiy, farmasevtika va kimyo fanlari o‘z hissalarini qo‘shgan D.Mendeleev, M.Lomonosov va shu kabi buyuk olimlar hayoti va ijodi ma’lumotni uzatish va uni tushunishda tilning asosiy vosita ekanligi asoslandi. “Til va kommunikatsiya tushunish vositasi” mavzusida ochiq integral, interfaol seminar- mashg‘ulotini Tillar kafedrasidan dotsentlar S.To‘ychieva, F.Umarova hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasidan katta o‘qituvchi S.Yuldasheva tashkil etishdi. Tashqi ekspert sifatida filologiya fanlari nomzodi, dotsent R.Jumaniyozov va TIFXMMI “Gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti B.Muqimov ishtirok etishdi.

     

     

                                          Tillar kafedrasi