DVST kafedrasida “Maxalliy dori vositalari” fanidan master klass bo’libo’tdi.

02.04.2019, 12:48 Institut yangiliklari, Yangiliklar 573

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot soxalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash yuzasidan Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining katta o‘qituvchisi SH.A. Mamasolieva, assistent  N.S. Sadikova va Z.A.Zuparovalar ishtirokida “Maxalliy dori vositalari” fanidan sanoat farmatsiya yo‘nalishi 3-kurs 304 va 305 gurux talabalari uchun master klass bo‘lib o‘tdi. Unda “NovopharmaPlus” qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i B.S.Zoirov ishtirok etib, “NovopharmaPlus” qo‘shma korxonasi faoliyati, ishlab chiqarish bo‘limlari , korxonada ishlab chiqariladigan dorilar nomenklaturasi bilan talabalarni tanishtirib o‘tdi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berdi. “NovopharmaPlus” qo‘shma korxonasi xaqida videorolik taqdim etildi. Master klass qiziqarli baxs munozaralarga boy bo‘ldi va talabalar sanoat korxonalarini ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

     

DVST kafedrasi