E‘lon! Xorijda ta’lim olishni xohlovchilar uchun chet tili kurslari boshlandi

02.04.2019, 12:30 E'lonlar 506

Bugundan respublikadagi 22 ta OTMda xorijda ta’lim olish uchun nomzodlarga mo‘ljallangan xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv kurslari boshlandi. O‘quv kurslari 3 oy davom etadi: bir oy mobaynida OTMlarda trenerlar tomonidan o‘quvlar olib boriladi, ikki oy mobaynida tinglovchilar masofaviy platformada belgilangan topshiriqlarni onlayn rejimida mustaqil o‘zlashtirishadi.

Kurslarda (Britaniya Kengashi), (Fransuz Alyansi), (Gyote instituti) kabi xalqaro tashkilotlarning malakali trenerlari ham ishtirok etadi.

Mazkur kurslarga jami 1200 nafardan ortiq tinglovchilar qamrab olinadi va ularni muvaffaqiyatli tamomlagan pedagoglarga 2020 yilda “El-yurt umidi” jamg‘arma stipendiati bo‘lish uchun o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etish huquqini beruvchi sertifikat beriladi