“26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan talabalar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

29.06.2017, 12:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 109

Institut akademik guruhlarida joriy yilning iyun oyi davomida “26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Giyohvandlikka qarshi kurash – barchaning burchi”, “Giyohvandlikdan xazar qilamiz”, “Zalolatga eltuvchi yo‘l” kabi mavzularda 20 dan ortiq ma’ruza, uchrashuv, seminar-trening, savol-javoblar tashkil etildi. Tadbirlarga institutning faxriy professor-o‘qituvchilari va mutaxassis professor-o‘qituvchilar jalb etildi. Tadbir jarayonida talabalar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish choralari, inson hayotiga ko‘rsatadigan salbiy oqibatlari xususida targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, o‘tkazilgan tadbirlar jarayonida mavzuga oid filmlar namoyish etildi va talabalar o‘rtasida tahlil etildi. Tadbirlarga jami 1200 dan ortiq talabalar jalb etildi.