Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan kitob aksiyasida jamiyatning ilg‘or qatlami sifatida oliy ta’lim tizimidagi ziyolilar ham faol ishtirok etmoqda.

29.03.2019, 08:27 Yangiliklar 836

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov o‘zi tahsil olgan respublika fizika-matematika maktab-internati – hozirgi O‘zMUning S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyiga o‘z shaxsiy kutubxonasidan saralangan asarlar hamda yangi chop etilgan kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

Shuningdek, Inom Majidov talaba-yoshlarga o‘zida katta taassurot qoldirgan quyidagi 10 ta asarni o‘qishni tavsiya qildi:

 

  • “So‘na”, Etel Lilian Voynich
  • “Uch ildiz”, Primqul Qodirov
  • “Martin Iden”, Jek London
  • “Tinch Don”, Mixail Sholoxov
  • “Hojimurod”, Lev Tolstoy
  • “Ulug‘bek xazinasi”, Odil Yoqubov
  • “Yuzma-yuz”, Abdulla Oripov
  • “Samarqand osmonidagi yulduzlar”, Sergey Borodin
  •  “Asrga ta’tigulik kun”, Chingiz Aytmatov
  •  “Men kim, Sohibqiron – Jahongir Temur”, Marsel Brion

Edu.uz

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova