Eng mashaqqatli va xavfli 10 kasb

25.03.2019, 16:28 Yangiliklar 205

Dunyoda shunday kasblar borki, ular hayot qadri haqida o‘ylashga majbur qiladi. Bunday kasblar hayot uchun tahdid soluvchi xavfli kasblardir. “Best top 10” ma’lumotlariga ko‘ra, quyidagilar eng mashaqqatli va xavfli kasblar hisoblanadi:

1. Konchilar

Konchi kasbi dunyodagi eng xavfli kasblardan biri hisoblanadi. Kondagi faoliyat yiliga minglab kishilar hayotiga zomin bo‘ladi. Metan portlashi, tog‘ jinslarining ko‘chishi, cheklangan sharoitlar va havoning minimal darajada bo‘lishi, tonnalab tog‘ jinslari ostida ekaningizni his qilish – bularning bari bilan har bir daqiqa oxirgisi bo‘lishi mumkinligi hech gap emas.

2. Saperlar

Saper yoki portlovchi predmetlarni zararsizlantirish bo‘yicha mutaxassis ham dunyodagi eng xavfli kasblar ro‘yxatida yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Bunday odamlar ayniqsa jangovor harakatlar o‘tkaziluvchi joylarda talabgor, yuzlab kishilar hayoti ularning xatti-harakatlariga bog‘liq. “Saper faqat bir marta adashadi, bu kasbda ikkinchi imkon bo‘lmaydi”, deb bekorga aytishmaydi.

3. O‘rmonchilar

Ushbu kasb haqqoniy ravishda dunyoning eng xavfli kasblaridan biri hisoblanadi. O‘rmonchilar bir necha tonnalik daraxtlar qulashidan, ularni saralash jarayonida qo‘llanuvchi uskunalardan ham halok bo‘ladi. Og‘ir mehnat ko‘pincha jiddiy kasalliklarga sabab bo‘ladi va ba’zan nogironlikni keltirib chiqaradi.

4. Elektrchilar

Statistikaning guvohlik berishicha, 100 ming ishchiga oxir-oqibat o‘lim bilan tugovchi 33 baxtsiz hodisa to‘g‘ri kelar ekan, bu esa juda yuqori ko‘rsatkich. Eng qiyin ishlar yuqori voltli elektr o‘tkazgich liniyalari montaji va ta’miri bilan shug‘ullanuvchilar zimmasida, chunki bu xavflardan tashqari, elektrchilar aksariyat holatlarda balandlikda ishlashadi.

5. Politsiyachilar

Huquqni muhofaza qilish organlari ishchilari, politsiyachilar va harbiy xizmatchilar ko‘pincha boshqalarni qutqarib, o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishadi. Harbiylar, politsiyachilar, maxsus kuchlar xizmatchilari minglab kishilarning hayotini saqlab qolib, o‘zlarinikini xavf ostiga qo‘yishadi va bu ular uchun qahramonlik emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri burchdir.

6. Baliqchilar

Ajablanmang! Statistikaga ko‘ra, baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi har 100 ming kishiga 117 o‘lim holati to‘g‘ri kelar ekan. Bu mashg‘ulotda baxtsiz hodisalar – oddiy holat.

7. Uchuvchilar

Uchuvchilar o‘z salomatligi va hayotini xavf ostiga qo‘yib, samolyot bortidagi yuzlab yo‘lovchilar hayoti uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishadi. Falokat yuz bergan taqdirda omon qolish imkoni minimal bo‘lgani bois uchuvchi kasbi xavfli hisoblanadi.

8. Burg‘ulovchilar

Ushbu kasb vakillari yuqori haroratda oson yonuvchi moddalar bilan ishlashga majbur. Aynan shuning uchun burg‘ulovchi kasbi dunyodagi eng xavfli kasblar o‘nligidan joy olgan.

9. O‘t o‘chiruvchilar

O‘t o‘chiruvchi –  dunyodagi eng xavfli kasblardan biri. Bu kasb vakillari og‘ir jismoniy va ruhiy bosim sharoitlarida ishlashadi, boshqa odamlar hayoti ularga bog‘liq bo‘ladi. O‘t o‘chiruvchilarning aksariyati o‘tkir respirator kasalliklardan aziyat chekadi.

10. Yuk mashinalari haydovchilari

Bu ish faoliyatida ko‘plab yoqimsiz vaziyatlarga duch keluvchi odamlardir. Ular kunu tun katta masofalarni bosib o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, yuk mashinalari haydovchilari tashilayotgan yuk uchun ham mas’uldirlar. Boz ustiga, YTH xavfi haqida ham unutmaslik kerak.

kun.uz

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova