Indoneziya elchixonasi stipendiya dasturini e’lon qiladi

23.03.2019, 11:35 E'lonlar 315

Indoneziya elchixonasi “Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik dasturi” doirasida (KNB-KEMITRAAN NEGARA BEKEMBANG) stipendiya dasturini e’lon qiladi.

O’qitish Indoneziyadagi 16ta etakchi universitetlardan birida gumanitar, muhandislik va ijtimoiy fanlar, tadqiqotlar, ta’lim va fan kabi ta’lim yo’nalishlarida o’tkaziladi.

Grant xalqaro yo’nalishlar bo’yicha aviabiletlar, yashash uchun to’lov va tibbiy sug’urtani qoplaydi. Tanlovda professor-o’qituvchilar va talabalar, shuningdek, doktorantlar va OTM xodimlari qatnashishi mumkin.

(ariza topshirish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi)

Hujjatlarni onlayn tarzda topshirish muddati – 2019 yil 12 aprel.

Batafsil ma’lumot olish uchun