“Yurtimda Navro‘z”

19.03.2019, 15:47 Institut yangiliklari, Yangiliklar 457

Yurtimizga butun tarovati, go‘zalligi bilan fasllar kelinchagi bahor kirib keldi. Tabiatda yasharish va yangilanish mavsumini boshlab beradigan bu maftunkor fasl betakror bayramlari bilan yanada fayzli, jozibali va qalbimizga yaqindir. Zero, ozod va obod yurtga bayramlar yarashadi. Serquyosh diyorimizda Navro‘z ayyomining keng nishonlanayotgani ham buni yorqin isbotlab turibdi. «Ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bo‘lgan insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan Navro‘z xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir. Asrlar davomida el-yurtimizning olijanob orzu-intilishlarini ifoda etib kelayotgan Navro‘z mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmunga ega bo‘lib, tom ma’noda umumxalq bayramiga aylandi. Navro‘zning ijtimoiy hayotimizda o‘ziga hos alohida o‘rni, ahamiyati bor. Kecha bilan kunduz  tenglashib, tabiatda uyg‘onish boshlanadigan Navro‘z xalqimizning  boy ma’naviy merosi bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Bu umumxalq bayramining uch ming yillikdan ko‘proq tarixga ega ekanligi ham Sharq xalqlarining jahon svilizatsiyasida katta o‘rin tutganligining nishonasi sifatida qalbimizda cheksiz  faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi. O‘zida faqat yaxshilik va ezgulik, bag‘rikenglik va insonparvarlik g‘oyalarini mujassamlashtirgan ulug‘ va qutlug‘ ayyom kunlarida bemorlar, yolg‘izlar, nogironlar holidan xabar olish, mehr-muhabbat ko‘rsatish Navro‘zning ijtimoiy ahamiyatini belgilaydigan jihatlaridan biridir. Toshkent farmasevtika institutida ham bayram oldi obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish,xayriya ishlari amalga oshirildi. Talabalar uchun “Navro‘z sayillari” o‘tkazildi, sumalaklar pishirildi. Shu bilan bir qatorda institutda fidokorona mexnatlari bilan xizmat qilib kelaytgan institut jamoasi uchun 2019 yil 19 mart kuni 14.00 da “Navro‘z bayrami” munosabati bilan katta tadbir tashkillashtirildi. Mazkur tadbirda barcha raxbar hodimlar, institutning nafaqadagi faxriylari, professor-o‘qituvchilar,kafedra a’zolari, bo‘lim boshlilqri va hodimlari taklif etildilar. Tadbirni institut rektori I.I.Alimdjanov kirish so‘zi va bayram tabrigi bilan ochib berdi. Tadbirda talabalar tomonidan saxna ko‘rinishlari, bayram tabriklari namoyish etildi.Shu bilan birga 18 ta kafedra 18 xil nominatsiya bo‘yicha g‘olib deab aniqlandi va maxsus diplom hamda qimmatbaxo sovg‘alar bilan institut raxbariyati tomonidan taqdirlandilar. Bayram dasturxoniga tashrif buyurgan mexmonlarni sanatkorlar tomonidan taqdim etilgan kuy-qo‘shiqlar xushnud etidi va tadbirga ko‘tarinki ruh  baxsh etdi.

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova