Institutda talabalar uchun Navro‘z sayli bo‘lib o‘tdi.

19.03.2019, 13:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 734

Yurtimizga yangilanish, yosharish ayomi Navro‘z kirib kelmoqda. Navro‘z ezgulik, sahovat, mehr-oqibat bayrami. Bu kunni barcha o‘zgacha kayfiyat va ko‘tarinki ruhda nishonlaydi. Yurtimizning  barcha go‘shalarida sayllar tashkil etiladi. Navro‘z ayyomining o‘ziga hos toamlari, milliy qadriyatlarimiz yodga olinadi, kuy qo‘shiqlar, laparlar, jaja bolajonlar uchun varrak sayli, ko‘kkari kabi qadimiy o‘yinlarimiz o‘ynaladi. Xullas Bahor bu yangilanish fasli. Bu fasl haqida qancha gapirsak ham oz. 2019 yilning 18 mart kuni Toshkent farmasevtika institutida 14.00 da talabalar o‘rtasida “Navro‘z sayli” o‘tkazildi. Unda institutning 18 ta kafedrasi  barcha viloyatlar kesimida chiqishlar namoyish etdilar.Shuningdek viloyatlarning o‘ziga hos qadriyatlari, urf odatlari,milliy liboslari, bahoriy taomlarini namoyish etib tadbirga ko‘tarinki ruh bahshida etdilar. Tashkil etilgan viloyatlar kesimidagi dasturhon va namoyishlar institut rahbar hodimlari tomonidan baholandi. Sayl davomida institut rahbariyati, ishchi hodimlari,professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida dosh qozonga sumalak solindi. Qatnashchilar turli nominatsalar bo’yicha taqdirlandi va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi. Bayram kuy va qo‘shiqlarga ulandi Institutimizning talabalar uchun tashkil etgan bayram sayliga OAV muhbirlari ham tashrif buyurdilar. Mazkur tadbir “Ma’rifat”telekanalining  “Madaniyat yangiliklari va UZA da yoritilishi rejalashtirildi.

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

     

Institut matkbuot kotibi N.L.Usmanova