“Kelajak bilan hamnafasmiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

18.03.2019, 14:49 Yangiliklar 257

Yurtimizda ilm-fan, madaniyat rivoji yo‘lida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek bugungi kunga qadar  farmasevtika sohasida ham ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Turli kasalliklarga shifo topish maqsadida hamda fuqarolarni sifatli dori vositalari bilan ta’minlashda olimlariz tomonidan talaygina ishlar amalga oshirildi.

2019  yil 16 mart kuni soat 14.00 da Toshkent farmasevtika institutida “Kelajak bilan hamnafasmiz” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda institut olimlari va professorlari ishtirok etdilar. Tadbirda talabalarimizni  fanga ilimga bo‘lgan qiziqishlarini yanada uyg‘otish, ularni kelajakda yangi g‘oyalari bilan o‘zlarini tanitishlari, ilmiy ishlar, ixtirolar qilishlari uchun foydali tavsiya va maslahatlar  berdilar.Jumladan Umumiy va noorganik kimyo kafedrasi professori S.N.Aminov “Ilimdan boshqa najot yo‘q”,  farmatsevtika fanlari doktori, professor Z.A. Nazarova “Ustoz otangday ulug‘” mavzularida ham to‘xtalib o‘tdilar. Tadbir mazmunli va talabalar uchun juda qiziqarli o’tdi, ayniqsa S.Aminov tomonidan taqdim etilgan suratli prezentatsiya ko‘pchilikga manzur bo‘ldi.

 

Instititut matbuot kotibi  N.L.Usmanova