Toshkent Farmatsevtika instituti analitik kimyo kafedrasi mudiri M.Fatxullaevaning  Toshkent pediatriya meditsina instituti Nukus filiali“Tibbiy kimyo” kafedrasida analitik kimyo fanidan mahorat darslari o‘tganligi to‘g‘risidagi hisoboti

16.03.2019, 15:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 633

Toshkent Farmasevtika instituti analitik kimyo kafedrasi mudiri M.Fatxullaeva  2019 yil 11.03. dan  – 14.03. gacha   Toshkent pediatriya meditsina institutining Nukus filialiga tashrif buyurdi. Tashrif vaqtida  M. Fatxullaeva ishtrokida Tibbiy profilaktika va farmatsiya fakulteti dekani  S.U. Meldebekova hamda“Tibbiy kimyo” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan o‘quv-uslubiy yig‘ilish o‘tkazildi.

S.U. Meldebekova  kafedraning o‘quv ishchi rejalari bilan tanishtirdi.

Shundan so‘ng, M.Fatxullaeva analitik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilarining o‘quv – uslubiy, ilmiy faoliyati va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bilan tanishdi.

Tashrif vaqtida M.Fatxullaeva farmatsiya yo‘nalishi 2 kurs talabalariga maqsadi va vazifalari, miqdoriy taxlilni titrimetrik va uskunaviy usullari” mavzularida  ma’ruza mashg‘ulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida mahorat darslarini o‘tkazdi.

     

     

Ma’ruza so‘ngida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

     

Analitik kimyo kafedrasi