“Talabalar o‘rtasida sof islomning targ‘iboti”, “Talabalarni turli informatsion xurujlardan ximoya qilish”

13.03.2019, 10:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 347

 Mustaqillik yillarida yurtimizda huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlari aniq belgilab olindi. O‘tgan davr mobaynida ana shu yo‘nalishlar bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar izchil amalga oshirildi va salmoqli natijalarga erishildi.

Davlatimiz tomonidan ezgulik va oliyjanob fazilatlarga undovchi dinning ravnaqi uchun keng imtiyozlar yaratib berildi. Hur diyorimiz musulmonlari mustaqillik sharoitida erkin nafas olayotganliklari buning yaqqol dalilidir. Mamlakatimizda e’tiqod erkinligi Bosh qonunimizda kafolatlab qo‘yildi.  Yurtimizda ayni paytda turli millat va din vakillari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik, totuvlik va mo‘tadillik muhiti shakllandi. Yurtimizda xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lganlarning bir zaminda ezgu niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat yashashligi – diniy bag‘rikenglik hamda huquqiy tenglikning yorqin namunasidir.

Bugungi va ertangi hayotimizni belgilab beradigan, barcha ezgu orzu-intilishlarimizni amaliy hayot jabhasida ro‘yobga chiqaradigan har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlash masalasida qilinayotgan ishlarning miqyosi va salmog‘i beqiyos. Bu ham yoshlarga, ularni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalashga bo‘lgan e’tiborning amaliy bir ko‘rinishi ekani shubhasizdir. Shu o‘rinda 2019 yil 12 mart kuni soat 12.00 da Toshkent farmasevtika institutining katta faollar zalida “Talabalar o‘rtasida sof islomning targ‘iboti”, “Talabalarni turli informatsion xurujlardan ximoya qilish” kabi mavzularda ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad   bugungi va ertangi hayotimizni belgilab beradigan, barcha ezgu orzu-intilishlarimizni amaliy hayot jabhasida ro‘yobga chiqaradigan har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlash masalasida qilinayotgan ishlarning miqyosi va salmog‘i ko‘tarish  hamda  yoshlarga, ularni sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalashga bo‘lgan e’tiborning  Diniy ta’lim muassasalarida talabalar  ona vatanimizning porloq kelajagini qurishda o‘z hissalarini qo‘shish, ulug‘ bobokalonlarimiz ishlarini davom ettirish, sof islom ta’limotini targ‘ib qilish, milliy va diniy qadriyatlarimizni jahon afkor ommasiga tanitishlik uchun ham diniy, ham dunyoviy ilmlarni g‘ayrat bilan o‘rganishdir. Tadbirda Mirobod  tumani bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari maslaxatchisi Tillaeva Karomatxon opa talabalarga mavzular yuzasidan ma’ruzalar o‘qidi. Mazkur tadbir Tillar kafedrasi, institut tarbiyachi pedagogi hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi  tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda jami 200 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova