“Salom Navro’z, salom Maslenitsa” mavzusida ochiq dars

12.03.2019, 14:25 Yangiliklar 504

2019- yil 11- mart kuni institut axborot-resurs Markazida Tillar kafedrasi dotsenti F.Z.Umarova 1-kurs talabalari ishtirokida “Salom Navruz, salom Maslenitsa” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Ochiq darsga talabalar ikki qardosh xalqlarning urf-odatlari, qadriyatlari, she’r va qo‘shiqlarini tayyorlab ijro etishdi. Ushbu ochiq dars talabalarning Navruz bayrami arafasida bayram tadbirlariga tayyorgarligi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.     

 

Tillar kafedrasi