Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasida rus tili fanidan respublika olimpiadasining I- bosqichi bo‘lib o‘tdi

12.03.2019, 14:16 Yangiliklar 452

2019- yilning 9-11 mart kunlari Toshkent farmatsevtika institutida rus tili fanidan respublika olimpiadasining  I- bosqichi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadani institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori professor Z.O.Yo’ldashev ochib berdi. Talabalarni iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i G.YU.Malikova hamda Tillar kafedrasi mudiri S.M.To‘ychievalar tabriklashdi. Respublika olimpiadasining  I- bosqichida talabalar 3 ta shart bo‘yicha bellashishdi. 1- shart- tasviriy san’at asarining yozma tasvirlash, 2-shart- test topshiriqlari va 3-shart-erkin mavzuda monolog.  Rus tili fanidan respublika olimpiadasining I- bosqichida farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakultetlarining eng faol, zukko va rus tili fanidan qishki sessiyada a’lo baholar olgan talabalar ishtirok etishdi

     

     

Tillar kafedrasi