DTT   kafedrasi o‘qituvchilari institut faxriy professor-o‘qituvchilarining uylariga tashrif buyurdilar

11.03.2019, 15:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 481

Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo`’tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. Ularga qancha ehtirom qilsak arzidi. 2019 yilning 9 mart kuni Toshkent farmasevtika institutining Dori turlari texnologiyasi kafedrsi mudiri hamda professor-o‘qtuvchilari  institutda samarali ishlab hozirda nafaqadagi kafedra faxriylari  Mohira Tulyaxodjaeva, Shahnoza Shodmonovalarning  uylariga 8-mart Xalqaro Xotin qizlar kuni munosabati bilan tashrif buyurdilar. Bayram bilan aziz va mo‘tabar ustozlarini  muborakbod etib ularga o‘zlarining qimmatbaxo sovg‘alarini taqdim etdilar.

     

     

Institut  matbuot kotibi   N.L.Usmanova