Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari Rossiya xalqaro olimpiadasida ishtirok etishdi

11.03.2019, 14:54 Yangiliklar 302

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan III Butun Rossiya xalqaro olimpiadasida  xorijiy jamolar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

“Spasi i soxrani” shiori ostida birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada Rossiya va xorijiy davlatlarning 19 ta jamoasi ikki bosqichda bellashdi.

Andijon davlat tibbiyot institutining “Ibn Sino avlodlari” jamoasi olimpiadada xorijiy jamoalar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Edu.uz

Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova