Toshkent farmasevtika institutida 8-mart Xotin-qizlar bayrami munosabati bian “Sen aziz va muqaddasan ayol” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

07.03.2019, 17:46 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1572

8-mart Xotin-qizlar bayrami go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo‘lib kelgan. Ayol deganda ko‘z o‘ngimizda avvalo, ulug‘ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o‘rganadi.

     

     

Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go‘zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi.

Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo‘’tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir.

     

     

Mana shunday e’tibordan biri Toshkent farmasevtika institutida bo‘lib o‘tdi. Jumladan 2019-yilning 7-mart kuni institutning katta faollar zalida soat 14.00 da barcha professor-o‘qituvchilar, kafedralar va bo‘lim hodimlari ishtirokida “Sen aziz va muqaddasan ayol” mavzuda tadbir tashkil etildi. Tadbirni institut rektori I.I.Alimdjanov samimiy bayram tabrigi bilan ochib berdi va institutda 2018-2019 yillarda samarali mehnat qilib kelayotgan hodimlarni taqdirlab ularga faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etdi. Shundan so‘ng tadbir tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida kuy qo‘shiqlarga ulandi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov, O‘zbekiston davlat Satira teatri artisti, so‘z ustasi Sherzod Boymurodov, Nihol mukofoti sovrindori Nilufar Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xosiyat Xusanova, Ma’rifiy ko‘ngil ochar va kinodasturlar muxarririyati bosh muxarriri, “Oltin qalam sohibasi” Dildora Mardieva, Dublyaj aktrissasi- boshlovchi Dildora Bekjanovalar o‘zlarining bayramona tabrik va kuy qo‘shiqlari, sahna ko‘rinishlari bilan barchani xushnud etdilar.

     

     

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova