“8-mart Xalqaro xotin – qizlar kuni” munosabati bilan “Qizlar davrasi” nomi ostida talaba-qizlar orasida ko‘rik tanlov o‘tkazildi.

07.03.2019, 08:33 Institut yangiliklari, Yangiliklar 529

2019-yilning 6-mart kuni “8-mart Xalqaro xotin – qizlar kuni” munosabati bilan Institutimizning katta faollar zalida Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Qizlar davrasi” nomi ostida talaba-qizlar orasida ko‘rik tanlov o‘tkazildi. Tanlovda birinchi bosqich talabalari o‘zlarini bilimlarini, aktyorlik maxoratlarini, zukkoliklari va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini namoish etishdi. Ko‘rik tanlovda talaba-qizlar 4 ta shart asosida bellashdilar. Birinchi shart – tanishtiruv shartida o‘zlarini tanishtirib qiziqishlarini, bo‘sh vaqtlarida shug‘ullanadigan mashg‘ulotlarini namoish etib she’riy tarzda chiqish qildilar. Ikkinchi shart – savol-javob  sharti deb nomlanib, bunda ularning siyosiy, tibbiy bilimlari va qonunni qanchalik bilishlarini savollar orqali aniqlab olindi. Uchinchi shart – pazandalik sirlari deb nomlanib, qizlarning oilada qizlarning pazandaliklari, mohirliklari namoish etildi. To‘rtinchi shart – erkin mavzuda talaba-qizlarimiz o‘zlarini namoish etishdi. Tadbir xayat a’zolari tomonidan baholab borildi. Ko‘rik tanlovning mutloq g‘olibasi Jumanazarova Odina deb topildi.

     

     

Xotin-qizlar qo‘mitasi