Latviya Respublikasi stipendiyalar tanlovini e’lon qiladi!

01.03.2019, 10:00 E'lonlar 376

Toshkent shahridagi  Latviya Respublikasining Elchixonasi 2019-2020 o’quv yilida ilmiy tadqiqotlar o’tkazish shuningdek, yozgi maktablarda ishtirok etish uchun Latviya hukumati tomonidan chet el fuqarolariga ajratilgan stipendiyalar tanlovini e’lon qiladi.

Stipendiyalar Bakalavriat va Magistratura bosqichi uchun bir o’quv yili muddatiga , ya’ni 10 oygacha (aspirantura uchun  11 oygacha) beriladi.

Latviya  filologiyasi, Latviya adabiyoti, Latviya madaniyati va Latviya tarixi magistratura dasturlari bo’yicha stipendiya ikki yil davomida, ya’ni magistrlik dasturida o’qish uchun beriladi. Latviya davlat stipendiyasining hajmi quyidagicha:

– bakalavriat va magistr talabalar uchun – oyiga 500 evro;

– aspirantlar uchun – oyiga 670 evro.

Latviya davlat stipendiya dasturiga  xorijiy oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari tadqiqotlar olib borishi uchun topshirishlari mumkin. Tadqiqot uchun stipendiya 5 oygacha beriladi.

Bundan tashqari, yozgi maktablarda ishtirok etish uchun 10ta  davlat stipendiyasi ham mavjud. Latviyaning Latviya ta’limini rivojlantirish Davlat agentligi tomonidan yozgi maktab uchun taqdim etilgan Latviya stipendiyasi hajmi yozgi maktab uchun bir kishi uchun 711 evro .

Yozgi maktablar haqida batafsil ma’lumotni http://viaa.gov.lv/tr/scholarships_gov/latvian_scholarships/scholarships_for_summer_school/?tl_id=22802&tls_id=54841 veb-saytidan topishingiz mumkin.

Latviya davlat stipendiyalari haqidagi tafsilotlar quyidagi veb-saytdan olishingiz mumkin:

http: //viaa.gov.lv.eng/international_cooperation/scholarships_gov/Latvian_scholarships/

Ariza topshirishning oxirgi muddati (onlayn) 2019 yil 1-aprel.

Natijalar 2019 yilning iyun oyining oxirigacha e’lon qilinadi.

Xalqaro bo’lim