Teatr ma’naviyat o‘chog‘i

01.03.2019, 09:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 421

San’at va madaniyat – xalqning ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradigan, uning tarixi, milliy mentaliteti hamda madaniy salohiyatini namoyish etadigan qudratli kuch. Bunda, ayniqsa, teatrning  o‘rni beqiyosdir. Teatr san’ati tasavvur va tafakkur hosilasi, ma’naviy yuksalish vositasidir. Bugungi davr shiddati, globallashuv, qadriyatlar va qarashlar o‘rtasidagi keskinliklar teatr san’ati ijodkorlari zimmasiga ham ulkan vazifalar yuklamoqda. Boy tariximiz, milliy qadriyat va urf-odatlarimiz targ‘iboti yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Teatr – bu ibratxona” degan o‘lmas fikri bugun ham o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q.

2019 yilning 27 fevral kuni talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida va ma’naviyat kuni munosabati bilan Toshkent farmasevtika institutining 1,2,3-kurs talabalari guruh murabbiylari boshchiligida O‘zbekiston davlat Satira teatriga tashrif buyurdilar.   Namoyish etilgan spektakldan talabalar o‘zariga kerakli xulosalarni olib madaniy hordiq chiqardilar.

     

     

Institut  matbuot kotibi

N.L.Usmanova