“Ma’ruzalar binosi” hamda “Til o‘quv markazi” ning ochilishi bo‘lib o‘tdi

28.02.2019, 20:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 634

Mustaqillik yillaridan buyon yurtiimzda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan sohalardagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratmoqda.

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli  qarori ijrosiga muvofiq hamda yoshlarimiz bilim olishlarida yanada qulaylik yaratish maqsadida Toshkent farmasevtika institutida yangi “Ma’ruzalar binosi” hamda “Til o‘quv markazi” qurib foydalanish uchun topshirildi. Mazkur binoning ochilish marosimi 2019 yil 28 fevral kuni soat 10:00 da institut hududida bo‘lib o‘tdi. Ochilish jarayonida institut rahbariyati, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari,hodimlar, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar. Marosimni institut rektori I.I.Alimdjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Kasaba uyushmasi raisi K.K.Ismailov institutda bugungi kunga qadar erishilgan yutuqlar hususida fikrlarini bildirdi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining institut yetakchisi F.Namozov Institutda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan to’htalib institut rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek institut talabalri tomonidan chiqishlar namoyish etildi. Ochilish marosimiga ommaviy axborot vositalaridan muxbirlar tashrif buyurdi va tadbir Toshkent telekanalining “Toshkent vaqti” tonggi dasturi orqali 4 mart kuni  yoritilishi rejalashtirildi.

Institut  matbuot kotibi

  N.L.Usmanova