Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining professor o‘qituvchilari  Yunusobod tumani, 86-sonli maktabga tashrif buyurdilar.

28.02.2019, 15:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 351

2019 yil 27 fevral kuni Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining professor o‘qituvchilari  professor X.M.Yunusova, dotsentlar A.D.Tadjieva, O.M.Ernazarov, Z.X.Zufarova, G.R.Raximova, assistent N.A.Djabbarovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligining 2018 yil 29 martdagi 30-q-q-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 18-sonli qo‘shma qarorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 86-sonli maktabning o‘quvchilari bilan “Ogohlik davr talabi” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda Toshkent shaxri, Yunusobod tumani, 86-sonli maktabning direktori F.R.Tursumetova, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari L.G.Tursunova, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.O.Babaxanova bevosita ishtirok etdilar. Jami jalb qilingan o‘quvchilar soni 40 nafarni tashkil qildi.

     

Ma’naviy ma’rifiy ishlarga ma’sul

Z.A.Zuparova

DVST kafedrasining mudiri, farm.f.n., prof.  

V.R.Xaydarov