HAYRU SAHOVAT – INSON ZIYNATI.

28.02.2019, 09:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 324

Yaxshilik, xayru sahovat, mehr-oqibat, siylai-rahm kabi  ulug‘ fazilatlar doimo insonga ziynat bo‘lib kelgan. Ma’lumki, insonga berilgan yaxshilik, xayr-sahovat, mehr-oqibat, siylai-rahm kabi ulug‘ fazilatlar doimo sohibiga ziynat bo‘lib kelgan. Bunday oliyjanob xislatlarni o‘zida mujassam eta olgan insongina el-yurtning og‘irini yengil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi.

Bugun yurtimizda olib borilayotgan jarayonlar o‘zgacha. Barchaga e’tibor qaratilgan, muammolar bartaraf etilmoqda, chetda qolib, yolg‘izlikdan qiynalayotganlarga mehr-muravvat, saxovat qo‘llari uzatilmoqda. Bemorlarning hol-ahvoli so‘ralmokda. Hech kim e’tibordan chetda emasligi amaliy ko‘rsatib berilmoqda.  Yurtimizdagi har bir mahalla va qishloqlarda yashovchi yolg‘iz keksalar, nogironlar, boquvchisini yo‘qotganlar, kam ta’minlangan oilalar, mehnat faxriylari, nuroniylar holidan xabar olinmoqda. Shuningdek, Mehribonlik, Muruvvat va Sahovat uylariga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Jumladan 2019 yil 26 fevral kuni Toshkent farmasevtika instituti DTT kafedrasi dotsenti Sharipova Iroda Shavkatovna,  farmatsiya fakulteti 3 kurs 303 A va B guruh talabalari hamda yoshlar bilan ishlash ma’naviyat  va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i  N.X.Ashurova ishtirokida Toshkent viloyati Zangiota tumani “Tokzor” maxallasi Uch tut  ko‘chasi 2 uyda isteqomat qiluvchi   1 guruh nogironlari bo‘lgan Ismatova Maxsuma, Ismatov Ismatjonlarning  xolidan xabar  olish maqsadida xonadonlariga tashrif buyurdilar. Shu bilan birga ularga Kerakli dori-darmonlar, oziq-ovqat maxsulotlari taqdim etdilar.

Zangiota tumani tokzor maxalla fuqarolar yig‘ini raisi R.Maxmudov tomonidan Toshkent farmasevtika instituti raxbariyatiga  Tashakkurnoma taqdim etildi.

Institut matbuot kotibi

  N.L.Usmanova