“O‘zbekiston – umumiy uyimiz!” shiori ostida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

23.02.2019, 13:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 345

2019 yil 22 fevral kuni Toshkent farmatsevtika instituti  faollar zalida akademik litsey o‘quvchi-yoshlarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlik ruhida tarbiyalashga  qaratilgan “O‘zbekiston – umumiy uyimiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 1-bosqich o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida  istiqomat  qiluvchi 130 dan ortiq millatlar to‘g‘risida  ma’lumot berildi va 14 ta davlat vakillarining urf-odatlari, milliy qahramonlari haqida sahna ko‘rinishlari, kuy va raqslari ijro qilindi.  Shuningdek, o‘sha davlatlar haqida taqdimotlar namoyish qilindi. Tadbir 3 ta tilda – o‘zbek, rus, ingliz tillarida olib borildi. Tadbirda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Mirobod tuman  Kengashi raisi – M.A. Ganiev, O‘zbekiston “Yoshlar ittifoqi” Mirobod tuman kengashi vakili, “Oybek”  mahalla fuqarolar yig‘ini  vakillari, akademik litsey guruh rahbarlari, o‘quvchilar  va  ularning ota-onalari – jami qatnashchilar soni 220 nafarni tashkil etdi.

Tadbir yakunida jamoalar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Mirobod tuman  Kengashi raisi va “Yoshlar ittifoqi” Mirobod  tuman kengashi vakillari tamonidan tashakkurnoma, faxriy yorliq va sovg‘alar  bilan  taqdirlandilar. Shuningdek,  akademik litsey  tomonidan “Eng yaxshi taqdimot”, “Eng go‘zal raqs”, “Eng chiroyli libos”, “Eng yaxshi sahna ko‘rinishi”, “Eng faol guruh”,”Eng yaxshi kreativ yondashuv”, “Mutlaq  g‘olib” nominatsiyalari bo‘yicha fahriy  yorliqlarga ega bo‘ldilar.

     

     

     

     

     

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

Nigora Ashurova