“Psixotrop moddalardan noqonuniy foydalanishning oldini olish choralari” mavzusida tadbir tashkil etildi.

22.02.2019, 16:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 543

Yurtimizda “Narkotik moddalarning suiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash” bo‘yicha 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan  dastur va kompleks choralari ishlab chiqilgan bo‘lib u O‘zbekiston Respublikasi narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasining topshirig‘iga asosan tuzildi.

Shuningdek, mazkur qonunining qabul qilinishi kelajagi sog‘lom yurt qurish uchun qo‘yilgan eng dadil qadamdir.

Jamiyatni yangilash va demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish sharoitida qonun xujjatlarining mazmun-mohiyatini ijrochilar va aholiga yetkazish, ayniqsa, islohot va o‘zgarishlarning huquqiy asoslarini nafaqat tushunish, balki ularni amaliyotda tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu borada 2019 yilning 21 fevral kuni soat 15:00 da Toshkent farmasevtika institutida “Psixotrop moddalardan noqonuniy foydalanishning oldini olish choralari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir institut Analitik kimyo kafedrasi, yoshlar bilan ishlash-ma’naviya va ma’rifat bo‘limi, institut tarbiyachi pedagogi hamda institut fakultet dekanlari tashabbusi bilan tashkillashtirildi. Tadbirni institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Z.A.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Analitik  kimyo kafedrasi mudiri M.Fatxullaeva mavzu yuzasidan talabalarga ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek Bojxona instituti bojxona ekspertizasi va tovarlarni tasniflash kafedrasi mudiri, professor Karimqulov Q.M “Narkotik moddalarining turlari, ularni noqonuniy savdosiga qarshi kurashish” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib mutaxassislar tomonidan javoblarni oldilar.

     

     

Institut  matbuot kotibi

N.L.Usmanova