Toshkent farmatsevtika institutida rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

21.02.2019, 15:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 352

Jinoyat o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmasligi, jinoyatning oqibati bilan kurashish emas, balki uning oldini olish, ularning sodir bo‘lishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlab, o‘z vaqtida bartaraf etish zarurdir. Bu borada yurtimizdagi barcha tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalarida tushuntirish ishlari, “Xuquqbuzarlik”ga oid mavzularda tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Jumladan 2019 yilning 21-fevral kuni soat 15:00 da Toshkent farmatsevtika institutining katta faolllar zalida rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur ochiq muloqot huquqbuzarlikga oid yangi qarorlar, farmonlar, turli xil chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish va uni murabbiylar talabalarga yetkazishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775, 2018 yil 5-oktabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3962-sonli qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. Ushbu yig‘lishni o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi va mavzu yuzasidan  qo‘yilgan masalalar bilan qatnashchilarni tanishtirdi.

Shu bilan birga muloqot jarayonida talabalarni jinoyatchilikga  qarshi kurashish, huquqbuzarlik  holatlarining oldini olish, huquqiy madaniyatni yanada shakllantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlaar Mahkamasining 2015 yil  12-noyabrdagi  “Giyohvandlik  vositalari,  psixotrop  moddalar  va  prekursorlarni  O‘zbekiston  Respublikasi  hududiga  olib kirish,  undan olib chiqish,  va tranzit tarzida  o‘tkazish tartibi, hamda ularning  muomalada bo‘lishi  yuzasidan  nazoratini  takommillashtirish  to‘g‘risida”gi  330-sonli  qarorining mazmun-mohiyati bilan  yanada yaqindan tanishtirib borish, bu borada turli tadbirlar, davra suhbatlarini yanada ko‘proq tashkillashtirish rejalashtirildi. Shuningdek ustoz va murabbiylarning o‘z kasbiga nisbatan yanada jiddiyroq  yondoshishlari alohida ta’kidlandi.

     

     

Institut  matbuot kotibi

  N.L.Usmanova