“Talabalarda rasmiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

19.02.2019, 12:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 637

     2019 yil 15 fevral kuni institut farmatsiyasi fakulteti 1 kurs 108 B guruh talabalari o‘rtasida “Talabalarda rasmiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tadbirda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova tomonidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Suhbat jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyotga oid topshiriqlarining ijrosini ta’minlash va ularning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga oid qiziqarli ma’lumotlar keltirib o‘tildi. Shuningdek, tadbir jarayonida talabalarning rasmiy hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha bilim va malakalari tekshirildi va talabalar tomonidan berilgan savollarga soxa mutaxassisi javob berdi.

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova