Toshkent farmatsevtika institutida “Book café” ishga tushirildi.

18.02.2019, 17:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 810

2019 yilning 18 fevral kuni soat 10.00 da Toshkent farmatsevtika institutida yangi ta’mirdan chiqarilgan “Book café” ishga tushirildi. Uning ilk ish kuni institut rektori I.I.Alimdjanov ishtirokida ochib berildi. Shuningdek institut professori, Shabilov Azad Axmedovich “Istitut miqyosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar” hususida to‘xtalib o‘tdi. Institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Boltaeva Barno Xamidjanovna “Talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar” xaqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shu bilan bir qatorda ochilish marosimini ko‘tarinki ruhda davom etirrish maqsadida institut talabalarining chiqishlari namoyish etildi, “Ilm-insonni yuksaklik sari eltar” mavzularida sheriy to‘plamlari bilan marosimni davom ettirdilar.

Mazkur “Book café” da talabalarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida yoshlar uchun keng sharoitlar yaratilgan. “Book café” da talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun  o‘zlarini qizqtirgan kitoblarni o‘qish shu bilan bir qatorda bepul WiFi orqali internet tarmoqlaridan kerakli kitoblarni elektron variantini topib undan foydalaish imkoniyatiga egalar. Yana bir qulayliklardan biri u yerda talabalar issiq qaxva, turli hil shirinliklar, taomlar istemol qilish imkoniyatiga ham egalar. Shuningdek talabalar kerakli ma’lumotlarni ko‘p nushada olishlari uchun kserorkopiya ham mavjud etilgan. Hurmatli talabalar sizni ilm fanga bo‘lgan qiziqishingizni yanada oshirish maqsadida institut rahbariyati tomonidan imkon qadar qulayliklar yaratib borilmoqda. Bunday qulaylikladan oqilona foydalanshingizni tilagan holda ilm darajangiz yuksalishida muvofaqiyatlar tilaymiz.

      

     

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova